Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oila – muqaddas qo‘rg‘on


Sayxunobod tuman adliya bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yosh oila qurish ostonasida turgan yoshlar uchun tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda adliya bo‘limi boshlig‘i B.Nazarov ishtirok etib, oila huquqi, oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Xususan, oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, tadbirda davomida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi