Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi


Aholisi 52 ming 101 nafarni tashkil etuvchi Oqoltin tumani Sirdaryo viloyatining eng olis hududlaridan biridir. Tumanda mavjud 13 ta mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etilgan bo‘lib, ular ayollar masalasiga mas’ul hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mahallalardagi xotin-qizlar faollariga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Endilikda ular har bir xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi, aholi murojaatlari asosida va ijtimoiy himoya rejasining ijrosini o‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini doimiy nazorat qilib boradi.

Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbirda «Ayollar daftari»ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari tushuntirildi. Ta’kidlanganidek, kam ta’minlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay o‘rganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi hamda davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi