Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Mulk huquqi daxlsizligi yuksak qadriyatga aylanadi


Joriy yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan 2022-yil 1-sentabrdan boshlab xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi bir qator tartib va talablar bekor qilindi.

Jumladan, yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, yerdan ixtiyoriy voz kechilganda bu haqdagi notarial tasdiqlangan ariza yerga bo‘lgan huquqni bekor qilish uchun asos bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaganlarni doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish, sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi natura shaklida talab qilib olish bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilindi.

Endilikda yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Mazkur yerlar tugatilayotgan yuridik shaxsning muassislariga o‘tishi belgilandi.

Muhimi, farmon bilan xususiy mulk huquqini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladigan holatlar nazarda tutilganligi, fuqarolar esa o‘z mulkini o‘zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volari bo‘yicha davlat bojidan ozod qilinishi mulk huquqi daxlsizligini ishonchli himoya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

  

Xilola Sulaymanbekova,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi