Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilik ijrosi monitoring qilindi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi PQ-173-sonli "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiluvchi bir qator davlat tashkilotlari hamda muassasalarining soni ortdi.
     Mazkur Prezident qaroriga ko'ra 2022-yil 1-avgustdan boshlab mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat koʻrsatilmagan bir qator davlat organlarining tuman (shahar) boʻlimlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatishni bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.
      Shu munosabat bilan Guliston shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan  tashkilotlar mas'ul xodimlari ishtirokida Qaror ijrosi yuzasidan monitoring tadbirlari amalga oshirildi.
      Monitoring tadbirlari davomida kamchiliklar tekshirilishi bilan bir qatorda xodimlarga tegishli tushuntirishlar berildi.