Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev Mirzaobod tumani Nurafshon mahallasida sayyor qabul o'tkazdi


Sayyor qabullar muammolar kaliti sifatida xalq bilan muloqot qilishning samarali mexanizmiga aylandi.  

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayevning Mirzaobod tumani Nurafshon mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulida 20 dan ziyod fuqarolarning turli masalalarda murojaatlari tinglandi.

Fuqaro F.Axtamov mahallaga o‘rnatilgan elektr simyog‘ochlar eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolganidan norozi. Ushbu masalada elektr ta’minoti korxonasiga bir necha bor murojaat qilishiga qaramasdan natija bo‘lmayotganini ma’lum qildi.


Sayyor qabulda E.Umarov maktabda issitish tizimi bilan bog‘liq muammoni ko‘tardi.

- Ta’lim jarayoni boshlanishiga ham oz fursat qoldi, yaqinda o‘quvchilar maktabga qaytishadi, hademay kuz, havo salqinlab, bir zumda qish ham kelib qoladi. Maktabni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, farzandlarimiz uchun yetarli sharoitlarni yaratish lozim, deydi E.Umarov. Kuz-qish mavsumida maktabni gaz bilan ta’minlash, isitish tizimini soz holatga keltirishda amaliy yordam kerak.

Sayyor qabulda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, nafaqa turini o‘zgartirish, ishga joylashish kabi mazmunda kelib tushgan 10 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish muddat talab qiladigan 10 ta murojaat ish yurituviga olindi.


Ushbu manzilda mahalla ahli bilan uyushtirilgan muloqot samarali kechdi. Shu kuni Oqoltin tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 25 nafar fuqarolarga sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatildi. “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbir davomida 12 nafar fuqarolarga elektron raqamli imzo kalitlari berilgan bo‘lsa, 13 nafar fuqarolar farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga navbatga qo‘yish xizmatlaridan foydalanishdi.


Tadbirda tuman ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimi, xususiy amaliyot bilan bilan shug'ullanuvchi notarius ham ishtirok etdi. Jarayonda huquqbuzarliklar profilaktikasi, firibgarlikning oldini olish bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul nafaqat aholi muammolarini o'rganish, balki ishtirokchilarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilsh imkonini ham berdi. Jarayonda konstitutsiyaviy islohotlar, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati tushuntirildi.  



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi