Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun qanchalik zarur?


  “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunnining maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.  


       Ayni kunlarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat filiali, Adliya boshqarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida mazkur qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

      Navbatdagi seminar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va kasbiy ta’limni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etildi.

      Seminarda davlat xizmatini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o'tildi. Tadbir davomida davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi, ularga berilayotgan imtiyozlar, davlat fuqarolik xizmati faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar haqida keng ma’lumotlar berildi.

     Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi