Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikas i"Notariat to‘g‘risida"gi Qonuni 15^2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 30-martdagi 44-um-sonli buyrug‘iga asosan Sardoba tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Raximov Olim Abduvosilovichga tegishli SI 0015-sonli litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 31-mart kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.
Oilaviy bog‘cha ochganman. O‘quv materiallari yetishmaydi. Bizga Davlat tomonidan qanday yordam berilishi mumkin?
Savolga Sayxunobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Tagirov javob berdi
Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan shahar xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 1-son umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Mamlakatimizda yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibi joriy etilgan.
Yangi tartib bo‘yicha endilikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar faqat ijara huquqi asosida ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra ajratiladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar esa, elektron onlayn auksion orqali mulk va ijara huquqi asosida beriladi. Natijada, yerlar berilishida inson omili cheklanib, manfaatlar to‘qnashuviga barham beriladi.
Yer – strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurs. Shuning uchun yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta’minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri.
Hozirgi kunda yurtimizda jami 2108 ta masjid faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, birgina 2021 yilda 25 ta masjid adliya organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, “Mustaqillik” MFY,Obod ko‘chasi 26-uyda joylashgan “Bo‘ston” jome’ masjidi Adliya boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Ayniqsa ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Guliston davlat universitetida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi ham bitiruvchi talabalarning mehnat bozorida o‘zlariga munosib ish topishlari uchun keng imkoniyat bo‘ldi, deyish mumkin.
Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.