Yangiliklar
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyer shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi B.Akramov, Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev bilan hamkorlikda 2022 yil 15 iyul kuni Yangiyer shahar “Ma’naviyat va ma’rifat maskani”da tashkil etilgan “Ma’naviyat” radiotarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 30 avgust kungi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2000 yil 15 noyabr kungi Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini ratifikasiya qilish to‘g‘risida”gi 536-II-sonli qarori bo‘yicha aholining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida shahar fuqarolariga huquqiy tushuntirish berib o'tildi.
Davlat va huquq tarixidan ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan kishilik jamiyati rivojlanishda davom etar ekan unda yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi va shunga munosib ravishda ushbu ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yangilanib, o‘zgarib, bekor bo‘lib boraveradi.
“30 kun – hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida Sirdaryo viloyat perenatal markazida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat sudi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir mamalakatmizda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.
Amalga oshirilayotgan islohotlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.
FHDY organlarining vazifasi jismoniy shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishdir.