Янгиликлар
10
Koʻchmas mulk qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng
Koʻchmas mulk qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalarni qayta rasmiylashtirish hamda bu tashkilotlar tomonidan aholidan uy hujjatlari, forma-17, pasport nusxasi oldi-sotdi shartnoma nusxalarini taqdim etish talabi qoʻyilishi toʻgʻrimi?
Prezidentning Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan boshlab kommunal tashkilotlar tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha maʼlumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilingan.
Farmonga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari tegishli hujjat va maʼlumotlarni mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiorqali soʻrab olishlari lozim.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlik uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 215-5-moddasiga asosan javobgarlik nazarda tutilgan.
Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi holatlarga duch kelsangiz quyidagi manzilga yoki telefon raqamlari orqali murojaatingizni qoldirishingiz mumkin:
elektron pochta – info@adliya.uz
Adliya vazirligining ishonch telefoniraqamlari “1148” va “1008”