Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
Noreal qarzdorliklar olib tashlandi

Sirdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolar Dj.Saidov, V.Gavrilova va R.Radjamatovlarning iste’mol qilingan tabbiy gaz uchun hisoblangan noreal qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari oʻrganib chiqildi.

20
Маҳаллаларда ёшлар етакчиси лавозими жорий қилинди

Президентнинг тегишли қарорига биноан, ҳар бир шаҳарча, қишлоқ, овулда, шунингдек, шаҳарлар, шаҳарчалар, қишлоқлар ҳамда овуллардаги ҳар бир маҳаллада ёшлар етакчиси лавозими жорий этилди.

20
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov va Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Artikov “Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi” mahallasi aholisi bilan uchrashdi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov va Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Artikov “Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi” mahallasi aholisi bilan uchrashdi

19
Boyovut tumani Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari davom etmoqda

Boyovut tumani Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari davom etmoqda

19
Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi oshirildi

525 SCHRb va 21143 h/q harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar va ular oila a'zolarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida muntazam ravishda targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinadi.
Navbatdagi huquqiy targ'ibot tadbiri "Harbiy xizmatchilar va ular oila a'zolarini ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish" mavzusida bo'lib o'tdi.
Tadbirda Sirdaryo tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi S.Hamrayev, Guliston harbiy prokurori yordamchisi, adliya katta leytenanti Sh.Qo’ldoshev va boshqa mutasaddi tashkilotlarning xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori, “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori va tadbirkorlik va aholini bandligini ta’minlash sohasida qabul qilingan yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bo’yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, muloqot mobaynida harbiy xizmatchilarga yaratilgan imtiyozlar haqida ham kehg ma'lumotlar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi

19
Bir_murojaat_izidan

Adliya yordam berdi, fuqaro nomiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi

19
Aholining muammolari oʻrganildi

Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi va Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi rahbarlari Xovos tumanidagi “Nurli kelajak” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, u yerdagi aholining muammolarini oʻrganishdi.

18
БИЛАСИЗМИ?

Фермер хўжалиги ёки қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштирувчи бошқа субъектлар тугатилаётганда ёхуд мақбуллаштирилаётганда, уларга ажратилган ер майдонида сарфланган харажатлар бозор қийматида ҳисобланиб, қоплаб берилиши таъминланади (https://lex.uz/docs/4966484).

18
Bir_murojaat_izidan

Shartnoma tuzildimi, majburiyatlar bajarilishi shart.

“UNION STATION SERVISE” MCHJ va Sirdaryo taʼmirlash tiklash xizmati DUK Sirdaryo viloyat filiali oʻrtasida mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzilgan edi, biroq ...

15
Ҳарбийларга қандай имтиёзлар бор?

1. Ҳарбий хизматчиларнинг ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларининг болаларига болани давлат боғчаларига қўйишда имтиёзлар берилади.