Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sayyor xizmat gulistonliklarga qulaylik yaratdi


Guliston tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan hokim yordamchisi B.Abulqosimov bilan hamkorlikda “FURQAT” mahallasida sayyor xizmat ko’rsatish maqsadida targ’ibot ishlarini olib borildi. Tadbir davomida fuqarolarga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmat turlari va ulardan foydalanish, mobil davlat xizmatlari ko’rsatish usullari va qulayliklari to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Jarayonda 3 nafar fuqarolarga ERI olish, 1 nafar fuqaroga pensiya (nafaqa) miqdorini, 2 nafar fuqarolarga bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, 1 nafar fuqaroga manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish, 2 nafar fuqaroga o’lim ro’yxatga olinganligi haqida ma’lumotnoma olish, 1 nafar fuqaroga 20 kvt dan yuqori bo’lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish, 1 nafar fuqaroga 1.2 MPa bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olishda sayyor xizmatlar ko’rsatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi