Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sayyor davlat xizmatlaridan aholi mamnun


Guliston tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan “BOYOVUT” mahallasida tuman pensiya jamg’armasi bilan hamkorlikda sayyor xizmat ko’rsatish maqsadida targ’ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida aholi va tadbirkorlarga ko'rsatiladigan xizmat turlari va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, mobil davlat xizmatlarining qulayliklari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Sayyor xizmat davomida 11 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqalar miqdori, ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish, 9 nafar fuqarolarga bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, 3 nafar fuqarolarga ERI kalit olish, 1 nafar fuqaroga STIRni aniqlash to'g'risida arizalar olindi va sayyor xizmatlar ko’rsatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi