Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sayxunobodliklarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi


Aholiga har tomonlama qulaylik yaratish, ularga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish davlat xizmatlari markazlarining asosoiy vazifalaridan biridir.

Ayniqsa,  eng chekka hududlarga borib, keng qamrovli sayyor davlat xizmatlari ham  koʻrsatilmoqdaki, bu aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazining “Nurobod” mahallasi ahli bilan uchrashuvi ham samarali bo‘ldi.

Jarayonda aholiga sayyor tartibda 5 turdagi 22 ta davlat xizmati ko’rsatildi.

Jumladan,  2  nafar  fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Fuqarolarga jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga ro’yxatga qo’yish bo‘yicha 6 ta, pensiya miqdori to’g’risida ma’lumot berish yuzasidan 5 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Tadbir mobaynida 3 nafar fuqaroning farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo’yish masalasi ijobiy hal bo‘ldi, 6 nafar fuqaroga elektron raqamli kalit taqdim etildi.


Sayyor davlat xizmatlaridan aholi mamnun, chunki ularning uzog‘i yaqin bo‘ldi, eng muhimi, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatildi. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi