Yangiliklar
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida Oqoltin tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 409-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini keng omma e’tiboriga etkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
"Kontrafaktsiz oy" oyligi doirasida Sirdaryo viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan dorixonalarda kontrafakt mahsulotlar sotuviga qarshi targ'ibot va profilaktika tadbirlari o'tkazildi.
Қонунчиликка кўра, аҳоли томонидан Давлат экология қўмитасининг Интернет тармоғидаги махсус ахборот тизимига юборилган экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва табиатдан фойдаланиш соҳасидаги ҳуқуқбузарликлар ҳақидаги фотосуратлар ва видеоёзувлар Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексда белгиланган тартибда кўриб чиқилади.
Ayni damda Xovos tumanidagi Yangiyer mahallasida "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tmoqda. Bunda ayollar bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Sardoba tuman hokimligida Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 2022-yil 19-yanvarda 06/06-72-son bilan tasdiqlangan 2022-yil Sirdaryo viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustaxkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlari “Yoʻl xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 28 fevral-3 mart kunlari Toshkent viloyatidagi “Olmos” konvension markaz majmuasida viloyatlar hamda Toshkent shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirokida “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari: maqsad va vazifalar, faoliyatni KPI tizimida baholash” mavzusidagi o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 1-mart kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Ulug‘bekovich Sattorov 2021-yil davomida boshqarma va uning tizimidagi idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida, shu jumladan, norma ijodkorligi, huquqni qo'llash amaliyoti hamda huquqiy targ`ibot faoliyatining holati yuzasidan axborot berdi.
Ma’rifat tushunchasi madaniyat, ma’naviyat tushunchalari bilan bog‘liq. Ma’rifat ma’naviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi bo‘lishga yordam beradi.
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan Yangiyer shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida davra suhbati tashkil etildi. Muloqot mobaynida ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar va ayollarga berilgan imtiyozlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi.