Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Noislomiy diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi


Noislomiy diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Adliya boshqarmasida Sirdaryo viloyat hokimligi, viloyat Kadastrlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Sirdaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan noislomiy diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari I.Muminov, viloyat Kadastrlar boshqarmasi boshlig‘i O.Maxarov va O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Sirdaryo viloyat vakilligi raxbari X.Zokirovlar ma’ruza bilan ishtirok etishdi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun asosida diniy tashkilotlarga berilgan imtiyozlar xususida atroflicha so'z bordi.
Shu bilan birga, davra suhbati davomida noislomiy diniy tashkilotlar faoliyatidagi mavjud muammolar haqida fikr-mulohazalar bildirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ayrim muammoli masalalar bo'yicha murojaatlar qabul qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamaoatchilik bilan aloqalar bo'limi