Янгиликлар
04
Davlat fuqarolik xizmatchilari milliy urf-odat, qadriyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi darkor
Davlat fuqarolik xizmatchilari milliy urf-odat, qadriyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi darkor
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil qilindi.
Seminarda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi I.Muxammadiyeva hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat filiali xodimi F.Pardaboyevlar ma’ruza bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda amal qilishi lozim bo‘lgan odob-axloq normalari tushuntirildi.
Xususan, davlat xizmatchilari umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shartligi, milliy urf-odat, qadriyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalariga rioya etishi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishi tushuntirildi.
Tadbir nihoyasida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga jaob oldilar.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi