Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashamiz


Korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashamiz

Xabaringiz bor, RIAM "Istiqbolli Avlod" Sirdaryo viloyati bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Korrupsiyaga qarshi kush agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘olib deb topildi.
Ushbu grant doirasida bo'lim tashabbusi bilan 3-5 noyabr kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan “Zomin” bolalar oromgohida "KORRUPSIYAGA QARSHI" mavzusida seminar-terning o‘tkazildi.

Tadbir avvalida RIAM "Istiqbolli Avlod" Sirdaryo viloyati bo‘limi direktori M.Malikova, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev hamda BMTTD loyiha komponent rahbari N.Zikrillayevalar so'zga chiqib, mazkur o'quv maktabining maqsad va vazifalari haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shundan so'ng ishtirokchilar tanishuvi bo'lib o'tdi. Jarayonda ushbu treningning asosiy qoidalari va prinsiplarini ishlab chiqildi.
Terningda BMTTD xalqaro eksperti, trener Alena Vandishevaning "Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish: ilg‘or tajribalar va korrupsiyaga qarshi kurashish samarali vositalarni ko‘rib chiqish" mavzusidagi, BMTTD loyiha komponent rahbari N.Zikrillayevaning “Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokining asosiy shakllari” mavzusi ma'ruzalari  barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar kichik guruhlarda ishlashdi. Berilgan mavzu yo‘nalishlarida loyiha takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha to‘rt guruhga bo‘lingan holda "Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish va korrupsiyaning salbiy ta’sirini minimallashtirishda fuqarolik jamiyatiga yordam beruvchi vositalar" yordamida  loyiha taklifi shabloni taqdim etildi hamda har bir guruh  loyiha doirasida muayyan muammo va uni hal qilish variantlari ustida ishlab, o‘z jamoaviy taqdimotlarini namoyish qilishdi.  
Kichik guruhlar ishlanmalarining taqdimoti qizg‘in muhokama hamda takliflarga boy bo‘ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi