Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Davlat fuqarolik xizmatchisi odob-axloq namunasi bo‘lishi lozim


Joriy yilning 14-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror mohiyatini tushuntirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat filiali tomonidan joylarda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinmoqda.
Navbatdagi seminar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida o‘tkazildi.
Seminarda Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi ta’kidlandi.
-Davlat fuqarolik xizmatchisi davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilishi, axloq normalariga doimiy rioya qilishi, halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatda bo‘lishi kerak, - deydi adliya bshqarmasi mas’ul xodimi X.Sulaymanbekova.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning umumiy qoidalariga amal qilishi lozim.
Qolaversa, tadbir davomida davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishi tushuntirildi.
Seminar so‘ngida ishtirokchiar mavzuga oid savollarga javob oldilar.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi