Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalari


Davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalari


       Joriy yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori e’lon qilindi.
     Shu maqsadda, Sirdaryo viloyati transport boshqarmasida “Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
     Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi Lutfilla Berdiqulov va Guliston shahar adliya  bo‘limi mas’ul xodimi Dilshod Murodov ishtirok etdi hamda davlat fuqarolik xizmatchilariga mazkur Qarorning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
     Qarorda- Xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari belgilangan.
1.Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.
2. Mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi lozim.
3.Umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.
     Mas’ul xodimlar odob-axloq qoidalariga oid masalalar yuzasidan davlat xizmatchilariga tegishli maslahat va tushuntirishlar berdi.
     Davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

     Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati