Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

21
21
19
18
18
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahar Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan murojaatchilar 2 soat vaqtdan oshiq kutib qolganliklari, markazda hodimlarning ish vaqtida ish o‘rnida emasligi, murojaatchilarni kutish joyi kamligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan bir kunda o‘rtacha 600 dan 700 gacha aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Davlat xizmatlari markazlarida odatda tushlik paytida ham fuqarolarga xizmat ko‘rsatish to‘xtamaydi. Belgilangan tartibga ko‘ra, operatorlar fuqarolarni kuttirib qo‘ymaslik va qulay sharoitlar yaratish  maqsadida  navbat bilan tushlikka chiqadi.

Ushbu murojaatdagi suratlar markazda joriy yilning 17-iyul kuni soat 12:35 da olingan bo‘lib, xodimlarning tushlik paytiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, joriy yilning 17-iyul kuni soat 12:37 da adliya vazirligi Ishonch telefoniga yuqoridagi holat bo‘yicha murojaat kelib tushgan, boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan ushbu murojaat real vaqt rejimida Markazdagi kuzatuv kameralari orqali o‘rganilganda, grafik asosida tushlikka chiqqan xodimlardan tashqari barcha xodimlar o‘z joylarida navbat asosida xizmat ko‘rsatayotganligi, murojaatchilar uchun ajratilgan aksariyat o‘rindiqlar bo‘sh turganligi aniqlangan.

Guliston shahar davlat xizmatlari markazida elektron navbat tizimi joriy qilingan, o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun alohida monoblok kompyuteri, to‘lovlarni amalga oshirish uchun paynet to‘lov tizimi uskunasi hamda fuqarolar uchun kutish zalida yetarlicha o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi fuqarolardan o'rganilmagan asossiz va noxolis ma'lumotlarni tarqatmasliklari va buning uchun qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilangani haqida ogohlantiradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga Davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278-son farmoniga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvardan tadbirkorlik sub’yektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilgan.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati