Yangiliklar
Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida tashkil etilgan “Muqaddasdir vatan bayrog‘i!” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’quvchi yoshlarni davlat ramzlariga hurmat , vatanga sadoqat ruhida tarbilash maqsadiga qaratildi.
Bugun davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog’i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O’zbekiston davlati borligini anglatadi va o’zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.
Oy- yu yulduz qoʻngan yurtim bayrogʻi,
Jahon ayvonida qadalgan chogʻi –
Temuriy dovrigʻim kelgandi qaytib,
Dunyo salom berdi nomini aytib.
18 ноябрь – “Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида”ги Қонун (http://lex.uz/docs/100122) қабул қилинган кун.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Bayrogʻim-gʻururim” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi
Miliiy gʼururimiz, istiqbolimiz hamda suverenitetimiz ramzi hisoblangan Oʼzbekiston Respublikasining davlat bayrogʼi tom maʼnoda mustaqil diyorimizning jahon hamjamiyatidagi oʼrni, uning dunyo miqyosidagi mavqeini ifodalashda, alohida ahamiyatga ega boʼlib, davlat bayrogʼi xalqimiz uchun ulugʼlik va shon-sharaf ramzidir.
Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i,
Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i.
"O‘z bayrog‘im" deb xalqim, dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, ma’nosi bor.
Bundan 30 yil muqaddam, yaʼni 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.