Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

8-Mart bilan munis ayollar.


Tomirimni tirnar ko‘hna savollar,
Yuragimda gullar shirin xayollar,
Ey siz o‘zbekoyim, oftobjamollar,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Millatning ertasi, millatning nasli,
Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,
Ketmas bo‘lib kelgan bahorsiz asli,
Men oftobga alishmagan ayollar.

O‘zbakiy ohang bor kulgularida,
Durni talpintirar yog‘dularida.
Orom orolanar tuyg‘ularida,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Sizlar borsiz, so‘zimizda sado bor,
Sizlar borsiz, ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz, ming bir dardga davo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Gul uzsam tutguncha qo‘lim gullaydi,
Men sizga yetguncha yo‘lim gullaydi,
Poyingizda o‘lsam o‘lim gullaydi,
Men oftobga alishmagan ayollar.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, MUNIS AYOLLAR!