Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Guliston tuman hokimligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Safarboy Tog‘ayev mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Darhaqiqat, inson o‘zligini anglab, atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo‘lmasdan , dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o‘rganishi va doimo izlanishi lozim. Ana shunda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha oladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda ijtimoiy, ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida aholi va yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi