Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Ayol borki, olam munavvar


Ayol – nazokat va nafosat, muhabbat va sadoqat timsoli, sabr-bardosh va metin iroda sohibasi. Bu nozik xilqat, munis va moʻtabar zotlarni ta’riflash, ulug‘lash, ular sha’niga go‘zal tashbehlarni keltirish uchun bisotimizda tavsiflar bisyor. Bir qo‘li bilan beshikni, bir qo‘li bilan dunyoni tebratgan bu ulug‘ zotlar qarshisida hamisha ta’zimdamiz.

Darhaqiqat, bugun xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi tobora mustahkamlanib bormoqda. Ayniqsa, har bir sohada xotin-qizlarning faolligi sezilib turibdi. 

“Ayol borki, olam munavvar”. "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Guliston shahar 6-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlandi. 


Tadbirda Adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Umurzoqova so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning jamiyatda tutgan o‘rnini yanada mustahkamlashga qaratilgan islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar oila muqaddas qo‘rg‘on ekanligi, oilalar farovonligini oshirishda xotin-qizlar roli muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir bir piyola choy ustida, dilbar navolar sadosi ostida bayramona ruhda o‘tdi. Tadbir davomida ta’lim maskanida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh faol o‘qituvchilar mehnati e’tirof etildi, rag‘batlantirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi