Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Har bir ayol e'tiborga loyiq


Adliya organlari doimo xalq orasida. Shu bois xalqning muammolari, o‘y-tashvishlari ularga yaxshi tanish. Gulnora Umarova Xovos tumanining olis hududlaridan biri - Paxtakor mahallasi, To‘maris ko‘chasida istiqomat qiladi. U 3 nafar voyaga yetmagan farzandning onasi. Fuqaro  Xovos tuman adliya bo‘limidan tez-tez huquqiy maslahat so‘rab turadi.
      8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ixtiyor Qayumov Gulnora Umarovaning holidan xabar oldi. Unga oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyenik vositalar hamda 3 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun ham zarur buyumlar sovg‘a qilindi.
     -  Shu yurtning ayoli ekanligimdan baxtiyorman. Haq-huquqlarim bo‘yicha maslahatlar berib turadigan huquqiy ko‘makchim – adliya xodimlariga rahmat. Har doim holimdan xabar olib, yo‘qlab turishadi, - deydi  Gulnora Umarova.