Yangiliklar
Sardoba tuman hokimligida Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 2022-yil 19-yanvarda 06/06-72-son bilan tasdiqlangan 2022-yil Sirdaryo viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustaxkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlari “Yoʻl xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 28 fevral-3 mart kunlari Toshkent viloyatidagi “Olmos” konvension markaz majmuasida viloyatlar hamda Toshkent shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirokida “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari: maqsad va vazifalar, faoliyatni KPI tizimida baholash” mavzusidagi o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 1-mart kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Ulug‘bekovich Sattorov 2021-yil davomida boshqarma va uning tizimidagi idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida, shu jumladan, norma ijodkorligi, huquqni qo'llash amaliyoti hamda huquqiy targ`ibot faoliyatining holati yuzasidan axborot berdi.
Ma’rifat tushunchasi madaniyat, ma’naviyat tushunchalari bilan bog‘liq. Ma’rifat ma’naviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi bo‘lishga yordam beradi.
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan Yangiyer shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida davra suhbati tashkil etildi. Muloqot mobaynida ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar va ayollarga berilgan imtiyozlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasining 200 dan ortiq (Konstitutsiya, 40 dan ortiq qonun, 160 dan ortiq qonunosti hujjatlari) normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinib kelinmoqda.
Tanlovda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun namunaga muvofiq anketa (https://docs.google.com/document/d/1roF739xDqQX3S7ZHtIEKj6RznIt1rcV_/edit?usp=sharing&ouid=102479081639201708965&rtpof=true&sd=true) to‘ldirilib yurist@adliya.uz elektron pochtasiga joriy yilning 15-mart kuniga qadar yuboriladi.
Ishtirokchilardan hujjatlar (anketa) (https://docs.google.com/document/d/1roF739xDqQX3S7ZHtIEKj6RznIt1rcV_/edit?usp=sharing&ouid=102479081639201708965&rtpof=true&sd=true) 2022-yil 15-fevraldan 15-martgacha yurist@adliya.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Tanlovda yakunlangan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, ijobiy amaliyotlar inobatga olinadi.
Tanlov ishtirokchilarining hujjatlari ko‘rib chiqilib, joriy yilning 1-aprel kuni g‘oliblar Toshkent viloyatidagi “OLMOS” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida sertifikat va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Адлия_хабари
Хотин-қизлар ҳуқуқлари бўйича умуммиллий имтиҳоннинг 1-босқичи бошланди