Янгиликлар
29
Sirdaryoda masjidlar soni yana bittaga oshdi
Hozirgi kunda yurtimizda jami 2108 ta masjid faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, birgina 2021 yilda 25 ta masjid adliya organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shu bilan bir qatorda, hududlarda aholining ibodat qilishlari va diniy rasm-rusumlarni emin-erkin ado etishlari uchun masjidlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining 2022-yil 28-mart 39-um-soni buyrug‘i bilan Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Beshbuloq” MFY, Serquyosh ko‘chasi 14-uyda joylashgan “Said Asqarxon To‘ra” jome masjidi 92-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu masjid 250 namozxonga mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kun holatida Sirdaryo viloyatida jami 88 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shularning 77 tasi jome’ masjidi, 11 tasi cherkov va 1 tasi O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligidir.