Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Endilikda maktablarga ham yuridik xizmat ko‘rsatiladi


Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan shahar xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 1-son umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ushbu qarorga muvofiq yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bosqichma-bosqich barcha davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xizmat ko‘rsatilishi belgilanganligi, “E-Huquqshunos” elektron tizimi imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 146-son qarori, “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi Farmoni xususida so‘z yuritildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savolllarga atroflicha javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi