Янгиликлар
SO'RAGAN EDINGIZ...
Savol: Oilaviy bog‘cha ochganman. O‘quv materiallari yetishmaydi. Bizga Davlat tomonidan qanday yordam berilishi mumkin?
Sh. Erkinova, Sayxunobod tumani
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandiga ko‘ra, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ularning yanada rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021-yil 1-iyuldan boshlab oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan yo‘llangan (Toshkent shaxri, Nukus shaxri va viloyatlar markazlarida- 2 nafargacha, boshqa hududlarda - 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlarida va hajmlarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi to‘lanishi, shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallari bilan bepul ta’minlanishi lozim.
Savolga Sayxunobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Tagirov javob berdi