Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi kafolatlangan.
Tadbirkor boy bo‘lsa, xalq ham, davlat ham boy bo‘ladi. Ana shu ezgu shior ostida mamlakatimizda biznes muhitini yaxshilash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlar murojaatlari bilan manzilli ishlashning samarali mexanizmi yaratilgani, ushbu yo‘nalishda yuzaga kelayotgan ko‘plab muammolarni bartaraf etish imkonini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 15-iyuldagi 165-um-sonli buyrug‘iga asosan Islamova Barno Toxtomratovnaga tegishli SI 0003-sonli litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga to‘xtatildi.
Абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш муддатлари узайтирилди
Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi
Reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyer shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi B.Akramov, Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev bilan hamkorlikda 2022 yil 15 iyul kuni Yangiyer shahar “Ma’naviyat va ma’rifat maskani”da tashkil etilgan “Ma’naviyat” radiotarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 30 avgust kungi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2000 yil 15 noyabr kungi Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini ratifikasiya qilish to‘g‘risida”gi 536-II-sonli qarori bo‘yicha aholining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida shahar fuqarolariga huquqiy tushuntirish berib o'tildi.
Davlat va huquq tarixidan ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan kishilik jamiyati rivojlanishda davom etar ekan unda yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi va shunga munosib ravishda ushbu ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yangilanib, o‘zgarib, bekor bo‘lib boraveradi.