Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

INSON HUQUQLARI - OLIY QADRIYAT


"Sohil" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi, Guliston shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas'ul xodimlari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli bilan hamkorlikda "Sohil" mahallasida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Unda  20 dan ortiq fuqarolarning bandlik, subsidiya, imtiyozli kerdit, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, aliment, meros kabi masalalarda murojaatlar tinglandi.


Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan 12 nafar fuqarolarning murojaatlari bo'yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab qiladigan 6 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.


Shuningdek, sayyor qabul jarayonida bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish uchun 5 ta, fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimiga hisobga qo'yish uchun 4 ta, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish uchun 16 ta, Ipoteka krediti asosida subsidiya olishga ariza berish bo'yicha 6 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi.


Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining saylovga oid qonunchilik hujjatlari, OʻRQ-829-son, OʻRQ-830-son, OʻRQ-831-son qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-51-son farmoni hamda PQ-121-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 152-son, 159-son va 161-son qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan ham tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati