Янгиликлар
16
Mehnat qonunchiligida nimalar o'zgardi?
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi joriy yilning 30-aprel sanasidan kuchga kirdi.
Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat filialida davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari inson resurslarini rivojalantirish va kadrlar bilan ishlash bo‘limlari mas’ul xodimlari uchun yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, undagi yangicha tartiblar, intizomiy qoidalarni tushuntirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Timur Karimov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Mehnat qonunchiligida nimalar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, ish beruvchi va hodimlarning manfaatlarida nimalar o‘zgardi?
Tadbir mobaynida yangilangan Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi modda va normalar batafsil tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati