Янгиликлар
17
Konstitutsiyani oʻrganamiz
Konstitusiyamizning 12-moddasida: “O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas”, deb belgilangan.
(https://lex.uz/docs/6445145#6445234)Jamiyatdagi xilma-xillik ijtimoiy munosabatlarda va barqaror rivojlanishda muhim omil hisoblanadi.
Konstitusiyada mafkura va fikrlarning xilma-xilligining belgilanishi huquqiy davlatga xos xususiyatdir.
Jamiyatda turli xil qarashlar, mafkuralar mavjud, masalan axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy. Ularning hech biri davlat mafkurasi sifatida o'rnatilmaydi.
Bu qoida har kimning fikr erkinligi huquqiga ega ekanligining asoslaridan biri hisoblanadi.