Янгиликлар
15
Konstitutsiyani oʻrganamiz
Konstitusiyamizning 11-moddasida “O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanadi", deb belgilangan.
(https://lex.uz/docs/6445145#6445232)Davlat hokimiyatining bo'linish prinsipi davlatning demokratik va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlanishi uchun eng asosiy tayanchlardan biridir.
Sababi hokimiyatning yagona shaxs yoki organ qo'lida to'planishi muvozanatni buzadi. Ayni shu muvozanatni barqarorligini ta'minlash uchun hokimiyatning bo'linish prinsipi konstitusiyaviy norma sifatida mustahkamlangan.
Konstitusiyaga muvofiq qonun chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlis tomonidan, ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi tomonidan, sud hokimiyati esa – Oliy sud va Konstitusiyaviy sud tomonidan olib boriladi.
Mazkur organlarning faoliyati Konstitusiya hamda alohida qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan.