Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

24
Адлия аралашуви билан тадбиркорнинг ҳуқуқ ва манфаатлари ҳимоя қилинди

“Оқолтин таъмирлаш-тиклаш хизмати” ДУК ва “Оқолтин қурилиш” МЧЖ ўртасида субпудрат шартномалари тузилган эди.

24
Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasida tuman adliya boʻlimi boshligʻi K. Ernazarov axborot berdi

Sirdaryo tuman hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Sirdaryo tuman adliya boʻlimi boshligʻi Kamoliddin Ernazarov norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2021-yil davomida Boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Taʼkidlanganidek, Boʻlim tomonidan 2021-yilda oʻtkazilgan monitoring oʻrganishlar natijasiga koʻra, 78 ta taqdimnoma, 281 ta ogohnoma, 15 ta maʼmuriy takliflar kiritildi. Taqdimnomaga asosan 18 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi. Boʻlimga 2021-yilda 231 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shulardan 77,3 foizi qanoatlantirildi. Shuningdek, fuqarolarning manfaatida sudlarga 52 ta 281 mln 610 ming soʻm daʼvo arizalari kiritilib, barchasi qanoatlantirildi.

2021-yil davomida jami 1244-ta normativ huquqiy hujjatlar elektron shaklda tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yetkazildi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan tegishli tashkilotlar ishtirokida 1533 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, 9272 nafar tinglovchilar qamrab olindi.

Boʻlim tomonidan tuman hokimining 4 ta normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari (shundan 1 tasi Xalq deputatlari tuman kengashining qarori loyihasi) huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, qonun hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha xulosa berildi.
Sessiyada Xalq deputatlari Sirdaryo tuman kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi

24
Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan tadbirkorning huquq va manfaatlari himoya qilindi

21
Harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv samarali bo'ldi

Mirzaobod tumanida joylashgan 532-SCHR Batal'onida adliya bo'limi tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Unda Adliya bo'limi bosh maslahatchisi Avazbek Safarov ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari, harbiylarga yaratilgan imtiyozlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

21
Fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi

      Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqot qilish asnosida joylarda yechimini kutayotgan muammolarga huquqiy yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.

21
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish

Annotasiya: O‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid ma’lumotlar, shu jumladan, ta’lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni ta’minlash, ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida o‘quvchining bilim darajasini aniqlash

21
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlar baholandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

21
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati o‘tkazildi

Tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ma’naviyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va ustuvor yo‘nalishlarini yetkazishda siyosiy o‘quv soatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

21
БИЛАСИЗМИ?

Қонунчиликга қўра, йўқолган ёки фойдаланишга яроқсиз ҳолатга келиб қолган дарслик ва ўқув методик қўлланмалар ўқувчининг ота-онаси, шунингдек уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёки ўқитувчилар томонидан қуйидаги тартибда тўланади:

20
“Mirishkor” mahallasi fuqarolarining muammolari oʻrganildi

Mamlakatimizda mahallabay ishlashning yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi. Iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan ogʻir boʻlgan mahallalardagi aholi bilan muloqot qilish orqali joylardagi vaziyat oʻrganilmoqda. Bu oʻz navbatida, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilashda muhim omildir.