Янгиликлар
11
huquqiy_aksiya
Xabaringiz bor, joriy yining 15-mart-15 may kunlari Adliya vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan 2-son kasb-hunar maktabida tadbir tashkil etildi.
Muloqot mobaynida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, mehnat qonunchiligi va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari bo’yicha o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollariga tuman adliya bo’limi boshlig‘I O.Xalmatov tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shu kuni pedagoglar Adliya vazirligining onlayn so‘rovnomasida ishtirok etdilar. Aksiya doirasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari joylarda davom etmoqda.