Янгиликлар
SAYLOV QONUNCHILIGI TARGʻIBOTI DAVOM ETMOQDA
Joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi oldidan Adliya boshqarmasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan hamkorlik rejasiga asosan joylarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Navbatdagi tadbir Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan "O‘rikzor” mahallasida tashkil etildi.
Unda "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotalr berildi. Tadbir davomida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish va ularga qo‘yilgan talablar, ovoz berish tartibi va qonun bilan belgilangan boshqa normalar tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi