Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

11
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI

So’nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 3 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi.

       Ushbu qonunning maqsadi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdir.

Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llanilgan :

korrupsiya — shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

manfaatlar to’qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi.

     Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Quyidagi davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hisoblanadi:
  O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.

     Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hududiy idoralararo komissiyalar  qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.

Mazkur qonun bilan Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari, korrupsiyaga qarshi faoliyat olib boruvchi organlarning bu boradagi vakolatlari belgilab berilgan.

Ushbu qonunda Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning hamda Ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga kurashishda ishtirok etishlari ham o’z aksini topgan.

Mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurash sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  Shuningdek qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, manfaatlar to’qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar, ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsyaiga oida huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo’yish javobgarlikning muqarrarligi, korrupsyaiga qarshi kurashish sohasida halqaro hamkorlikning amalga oshirilishi ham belgilab berilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari, nodavlat-notijroat organlari hamda fuqarolar o’zaro hamkorlikda ish olib borishlari bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshiradi.

   Yangiyer shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i    U.Toshmurotov

Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

10
09
Kontrafakt mahsulotlardan ehtiyot bo'ling!

Do‘kondan tovar xarid qilayotganda e’tiborli bo‘lgan yaxshi. Chunki, hozir hamma mahsulotning originalligiga ishonib bo‘lmaydi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan Xovos tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan tadbir intellektual mulk muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik targ‘ibotiga qaratildi.

09
Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi bo‘lishi taqiqlanadi

Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi bo‘lishi taqiqlanadi

09
“Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasida Favqulodda vaziyatlar bo'limida tadbir tashkil etildi

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasida tadbir tashkil etildi.