Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sifatli yuridik yordam ko‘rsatiladi


Yangiyer shahar yuridik xizmat ko‘rsatish tomonidan shahar maktabgacha ta‘lim bo‘limida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mas’ul xodimlari uchun seminar tashkil qilindi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-son qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Xususan, 2022-yil 1-avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.