Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasida Favqulodda vaziyatlar bo'limida tadbir tashkil etildi


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasida tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati hamda fuqarolarning konstitusiyaviy islohotlarda ishtiroki xususida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng, yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari mazmun-mohiyati ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi. 

1-avgustdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? Muloqot mobaynida shular haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.  

Shuningdek, tadbirda chet elda harbiy xizmatga yollanganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida to‘xtab o‘tildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi