Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Kontrafakt mahsulotlardan ehtiyot bo'ling!


Do‘kondan tovar xarid qilayotganda e’tiborli bo‘lgan yaxshi. Chunki, hozir hamma mahsulotning originalligiga ishonib bo‘lmaydi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan Xovos tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan tadbir intellektual mulk muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik targ‘ibotiga qaratildi. 
Tadbirda Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i H.Mirshayev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i I.Qayumov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.Ta’kidlanganidek, mazkur qaror intellektual mulk sohasini rivojlantirish mamlakatimizning jahon integrasiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot savol-javoblar asosida qurilib, ushbu yo‘nalishda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Shundan so‘ng savdo majmualari, bozorlar, do‘konlar, ko‘chma savdo maskanlari, dorixonalarda kontrafakt mahsulotlar savdosining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Jarayonda aholi kontrafakt mahsulotlaridan ogoh bo‘lishga chaqirildi. Kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif qilish, sotish javobgarlikka sabab bo‘lishi alohida tushuntirildi hamda tadbirkorlarga maxsus kataloglar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi