Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Қонунчиликдаги_янгиликлар

Ёшлар ишлари агентлиги ва унинг ҳудудий бўлинмаларининг қўшимча ваколатлари белгиланди

26
Sayyor qabul xalq bilan faol va ochiq muloqot qilishda muhim omil bo'ldi.

Xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishda sayyor qabullar muhim omil boʻlmoqda.

25
Bolalar muammolari davlatimiz e`tiborida

So`nggi yillarda davlatimiz tomonidan etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni qo`llab-quvvatlash ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, muammolarni o`rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish borasida qator huquqiy normalar qabul qilindi.

25
Адлия_табриги

Адлия вазирлиги божхона хизмати органлари ходимларини  Ўзбекистон Республикаси давлат божхона хизмати органлари ташкил этилганлигининг 30 йиллиги ҳамда касб байрами муносабати билан самимий муборакбод этади.

25
So'ragan edingiz...

Yaqinda ishdan boʻshadim, lekin 2015-2019-yillarda mehnat taʼtiliga chiqmaganman. Foydalanilmagan taʼtillarni olish tartibi qanday?

Savolga Boyovut tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdurazzoq Ahmadqulov javob berdi

25
Sayyor qabullar aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularni anchadan buyon qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topishda muhim omildir.

Sayyor qabullar  aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularni anchadan buyon qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topishda muhim omildir.  

24
Адлия_хабари

Қонунчиликка кўра, нодавлат нотижорат ташкилотлари (шу жумладан, диний ташкилотлар) ҳар йили 1 февралга қадар ўтган йилдаги фаолияти юзасидан адлия органига ҳисобот тақдим этади.

24
Билиб_қўйган_яхши

Электр, иссиқлик энергияси, газдан фойдаланиш қоидаларини бузиш

24
Адлия аралашуви билан тадбиркорнинг ҳуқуқ ва манфаатлари ҳимоя қилинди

“Оқолтин таъмирлаш-тиклаш хизмати” ДУК ва “Оқолтин қурилиш” МЧЖ ўртасида субпудрат шартномалари тузилган эди.

24
Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasida tuman adliya boʻlimi boshligʻi K. Ernazarov axborot berdi

Sirdaryo tuman hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Sirdaryo tuman adliya boʻlimi boshligʻi Kamoliddin Ernazarov norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2021-yil davomida Boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Taʼkidlanganidek, Boʻlim tomonidan 2021-yilda oʻtkazilgan monitoring oʻrganishlar natijasiga koʻra, 78 ta taqdimnoma, 281 ta ogohnoma, 15 ta maʼmuriy takliflar kiritildi. Taqdimnomaga asosan 18 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi. Boʻlimga 2021-yilda 231 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shulardan 77,3 foizi qanoatlantirildi. Shuningdek, fuqarolarning manfaatida sudlarga 52 ta 281 mln 610 ming soʻm daʼvo arizalari kiritilib, barchasi qanoatlantirildi.

2021-yil davomida jami 1244-ta normativ huquqiy hujjatlar elektron shaklda tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yetkazildi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan tegishli tashkilotlar ishtirokida 1533 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, 9272 nafar tinglovchilar qamrab olindi.

Boʻlim tomonidan tuman hokimining 4 ta normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari (shundan 1 tasi Xalq deputatlari tuman kengashining qarori loyihasi) huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, qonun hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha xulosa berildi.
Sessiyada Xalq deputatlari Sirdaryo tuman kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi