Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Shartnoma majburiyatlari bajarilmadi, holatni adliya o'rgandi


“Yangiobod jilvasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida 2021-yil 17-may kuni qum-shag‘al aralashmasi mahsuloti oldi-sotdisi yuzasidan shartnoma tuzilgan edi.

Unga ko‘ra, “Yangiobod jilvasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Mirzaobod tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga 269 663 500 so‘mlik maydalangan qum-tosh mahsuloti yetkazib berilgan.

Shartnomaga asosan yetkazib berilgan mahsulot uchun uch bank kuni ichida 100% oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsa-da, xaridor tomonidan 15% miqdorda to‘lov amalga oshirilgan, xolos.

Holatdan norozi bo‘lgan “Yangiobod jilvasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari amaliy yordam so‘rab adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Murojaat boshqarmaning ish yurituviga olinib, qonunchilik talablari asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida murojaatchining e’tirozi asosli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur qarzdorlik taraflar o‘rtasida tasdiqlangan taqqoslash dalolatnomasida ham o‘z aksini topdi.

Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning 5.2-bandida tovarlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun “Xaridor” “Yetkazib beruvchi”ga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida penya to‘lashi, 6.1-bandida mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan javobgarlik choralari “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida hal etilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga asosan g'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to'liq hajmda qoplanishi lozim.

Yuqoridagilarga asosan Adliya boshqarmasi tomonidan “Yangiobod jilvasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati manfaatida Guliston tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi.

Natijada Mirzaobod tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan “Yangiobod jilvasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 229 224 614 so‘m asosiy qarz, 19 484 092 so‘m miqdorda penya undirish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.

Jahongir Shamirzayev,

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i