Янгиликлар
15
Yagiyer shahrida "Kontrafakt mahsulot nima?" mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi
Kontrafakt mahsulot nima?
Bu keng tarqalgan mahsulotga o‘xshatma, qalbaki mahsulot. Bozorlarga kontrafakt mahsulotlarning kirib kelishi iste’molchilarda asl mahsulotga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini paydo qilishi tabiiy. Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Yangiyer pedagogika kollejida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzuda so‘z bordi.
Tadbirda adliya bo‘limi boshlig'i Laziz Xudoyqulov kontrafakt va asl mahsulot o‘rtasidagi farq haqida gapirar ekan, qalbaki mahsulot savdosi bilan shug‘ullanish qat’iy nazoratda ekanligini alohida qayd etdi. Qalbaki mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi bilan birga ana shunday mahsulot savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga ham qonuniy jazo ko‘riladi.
Tadbir davomida kontrafakt mahsulotlar savdosiga chek qo‘yish, intellektual mulk muhofazasiga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati