Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiyaning rivojlanishiga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish hamda ijro intizomini kuchaytirish – davr talabi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, viloyat sudi, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.
12 ёшга тўлмаган икки ва ундан кўп боласи ёки 16 ёшга тўлмаган ногирон боласи бор аёлларга ҳар йили 3 иш кунидан кам бўлмаган ҳақ тўланадиган қўшимча таътил берилади (https://lex.uz/docs/142859#145008).
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda tutgan o‘rni va nufuzini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahallalarda sayyor tarzda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish hamda “Ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish”ga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi
Ma'lumki, joriy yil 15-fevraldan 15-martgacha mamlakatimizda "Kontrafaktsiz oy" oyligi o'tkazilmoqda. Sirdaryo viloyat intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan "Kontrafaktsiz oy" oyligini o‘tkazish yuzasidan viloyat Monopoliyaga karshi kurashish qo‘mitasining Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi majlislar zalida Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi va boshqa manfaatdor idora vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ko‘rkam diyor” mahallasida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 20 nafar xotin-qizlarning turli mazmundagi murojaatlari tinglandi. Shundan 15 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 5 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun bo‘lim ish yurituviga olindi.