Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

SO'RAGAN EDINGIZ...


Savol: 1996 yilda menga turar uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratilgan. Uyni qurganimga 5 yil bo‘ldi, biroq kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmaganman. Yaqinda tuman “Yermulkkadastr” idorasidan xodimlari kelib uyga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi uchun javobgarlik haqida ogohlantirib ketdi. Amalgagi qonunchilikda ushbu holat yuzasidan qanday javobgarlik mavjud?

T. Dodoyev, Sayxunobod tumani “Do‘stlik” MFY


Javob: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 681-moddasiga ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


  Savolga Sayxunobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Tagirov javob berdi