Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

SAYXUNOBODLIK YOSHLAR SPORT BILAN HAMNAFAS


Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan biriktiligan yoshlar bilan manzilli  ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Tumandagi 39-sonli umumta’lim maktabida sportning shashka va shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning topqirligi va zehni, aql-idroki sinovdan o‘tkazildi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozara va tortishuvlarga boy tarzda o‘tdi.
Musobaqa g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi.