Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Buzilgan bino evaziga kompensatsiya puli to'lab beriladi


Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.Nning xususiy mulki hisoblangan Yangiyer shahar dehqon bozori hududida joylashgan choyxona binosi 2017- yilda shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganli hamda shu vaqtga qadar kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan S.N Yangiyer shahar dehqon bozori hududida joylashgan binoni sotib olgan hamda bino uning nomiga davlat ro‘yxatiga olingan. Shahar hokimining tegishli qarori bilan choyxona binosi davlat va jamiyat ehtiyojlari munosabati bilan buzdirish belgilangan. “Sirdaryo baholash va konsalting markazi” MCHJning hisobotiga ko‘ra, to‘lanadigan kompensatsiya miqdorini aniqlash uchun baholash obyekti, ya’ni fuqaro S.Nga tegishli bo‘lgan choyxona binosi 164.725.057 so‘mga baholangan. Biroq, ushbu mablag‘ mulk egasiga to‘lab berilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-sonli qarori bilan tasdiqlangan, “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchaskalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakillantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bandiga ko‘ra, Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchaskalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘lari Qoraqolpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun foydalanadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 22 moddasiga binoan, xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati davlat tomonidan to‘la hajmda qoplanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi hamda ushbu da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaroning huquq va manfaatlari himoya qilindi.

Sudning hal qiluv qarori bilan S.N foydasiga 164.725.057 so‘m kompensatsiya hamda davlat foydasiga 330.000 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.



Kamoliddin Ernazarov,

Sirdaryo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i