Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Otaliqqa olingan maktablarda ochiq darslar o'tkazildi


Guliston shahridagi 1,3 va 4-sonli umum taʼlim maktablarida “Dalvat ramzlariga hurmat – yurtga muhabbatdan dalolat” mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirildi, shunigdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi cheksiz faxru iftixorimiz timsoli ekanligi haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.

Ochiq darslar Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'qituvchi va volontyor yoshlari tomonidan tashkil etilgani o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otib, o'zaro savol-javoblar asosida mavzu yanada mustahkamlandi

Bir so'z bilan aytganda, mazkur tadbir yoshlar oʻrtasida davlat ramzlariga hurmat-ehtirom tuygʻulari shakllantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.