Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

HUQUQIY AXBOROT KUNI


Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda ham dolzarb masala bo‘lib kelgan. Shu bois, yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va huquqiy savodxon bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ayniqsa, bugungi globallashuv asrida yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash har doimgidan o‘ta muhimdir.

“Huquqiy axborot kuni” doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan 14-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asraylik” tadbiri ham ayni maqsadlar uchun xizmat qildi.

Targ‘ibot tadbirida adliya bo‘limi boshlig‘i S.Tog‘ayev ko‘pmillatli mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, muloqotda davlat ramzlarini e’zozlash, qadriyatlarni hurmat qilish haqida fikr-mulohazalar bildirilib, yoshlarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berildi.